Yoshlar markazi – yoshlarga ko‘makchi




Yoshlar markazi – yoshlarga ko‘makchi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda, yoshlarning faol hayotiy pozitsiyalarini shakllantirish, kasb – hunarni o‘rgatish, yoshlarga chuqur bilim va ko‘nikmalar berish,  ijodiy faollikni oshirish va rivojlantirishda, yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoyalash,  turli toifadagi yoshlarning ijtimoiy muommolarini hal etishda ko‘maklashish, yoshlarning bandligini ta’minlash, imkoniyati cheklangan yoshlarga yaqindan yordam berish maqsadida Respublika yoshlar markazi Xorazm viloyati bo‘linmasi muntazam ravishda faoliyat olib bormoqda.

Har bir qiz oilada mohir pazanda bo‘lishi zarurdir, meyorida pishirish, sir asrorlarini chuqur o‘rgatib borilsa qizlarimizga kelgusi hayotlarida ko‘p foyda beradi. Haqiqatdan ham, o‘z oldiga katta maqsad qo‘ygan yoshlarni katta hayotga yo‘l olishida Yoshlar markazi katta ro‘l o‘ynaydi. Bunday to‘garaklardan ota – onalar ham hursand. Respublika yoshlar markazi Xorazm viloyati bo‘linmasining “Pazandachilik” to‘garagi 3 oy davomida har xaftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari 32 son lol va zaif eshituvchi bolalar internatida “Pazandachilik” to‘garagi ko‘chma tarzda tashkil qilingan bo‘lib pazandachilikning barcha sir asrorlari o‘rgatib kelinmoqda.

Hayotda inson imkoniyati cheklangan bo‘lsada atrofdagi imkoniyatlarni o‘ziga moslashtira olsa barcha maqsadlariga erisha oladi.