Ustozlariga ko‘makdosh qizlar!




Ustozlariga ko‘makdosh qizlar!

Har bir ota-ona o‘z farzandini aqlli, mehnatsevar, bilimli  jamiyatimiz taraqqiyoti uchun halol mehnat qiluvchi, ma’nan va jismonan sog‘lom, kasb-hunarli  bo‘lib voyaga yetishini istaydi. Yurtimizda farzandlarimiz ana shunday unib-o‘sishlari uchun barcha imkoniyat yaratib berilgan. Tinimsiz mehnat, mustahkam iroda, shuningdek vaqtdan  unumli foydalanishni bilgan bugungi xotin-qizlarimiz o‘z oldiga buyuk maqsadlar qo‘yib, imkon qadar olg‘a borishmoqda.        

Respublika yoshlar markazi Navoiy viloyati bo‘linmasida o‘z faoliyatini olib borayotgan "Tikuvchilik" to‘garagining qizlari o‘z faolligi bilan markazimizda alohida o‘rin egallaydi. Bu esa, bugungi kunda qizlarimiz o‘z kamolida har jabhada yetuklikni va mukammallikni istashganidan dalolatdir. Ular tikuvchilik sir-asrorlarini malakali, o‘z ishining ustasi, mohir tikuvchi D.Karayevadan o‘rganmoqdalar. Yetuk malakali tikuvchi bo‘lishga intilayotgan qizlar ham talaygina topiladi, ular ustozlariga ko‘makdosh bo‘lib, hunar o‘rganmoqdalar.

“Vaqt qadrini qadrlagan qizlarni hurmat qilaman, ularga qo‘limdan kelgancha, o‘z hunarimni o‘rgataman. Markazimizda hunar o‘rganayotganlarning hammasi ham mahoratli, o‘z kasbiga loyiq qizlar. To‘garagimizning maqsadi va vazifasi yoshlarga hunar o‘rgatish, ularni kelajakda yetuk komil inson bo‘lib yetishishiga ijtimoiy yordam berishdir. Bizning istagimiz uy bekalarimiz qizlarimizda, ishbilarmonlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning ilg‘or tashabbuslari, qiziqishlari orzu–istaklarini ro‘yobga chiqarish, hunarmandchilikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish masalalari yotadi. Biz masalalarga ijobiy yondashmoq bizning vazifamizdir”,-dedi “Tikuvchilik” to‘garagi rahbari D. Karayeva.