Toshkent viloyati Ohangaron tumanida o‘qituvchi va o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.




Toshkent viloyati Ohangaron tumanida o‘qituvchi va o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining 2019 yil 17 oktyabrdagi № 04-16/275 sonli topshirig‘iga asosan Toshkent viloyati Ohangaron tumani xalq ta’limi tizimidagi maktablarga amaliy yordam ko‘rsatish, o‘qituvchi va o‘quvchi yoshlar bilan turli uchrashuvlar, madaniy tadbirlar, davra suhbatlari hamda seminar-treninglar o‘tkazish maqsadida Respublika yoshlar markazi xodimlari joriy yilning 18 oktabr sanasida tumanda joylashgan 5, 11, 12 va 13 umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurishdi.

Respublika yoshlar markazi to‘garak rahbarlari tumanda joylashgan ushbu umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari va o‘quvchilariga Ingliz tili, Kompyuter texnologiyalari fanlari doirasida seminarlar tashkil etdi. Seminar yakunida o‘zaro fikrlar almashinildi.

Shuningdek, 11 va 12 maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ma’naviy va ma’rifiy suhbatlar uyushtirildi va tadbirlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlarga mehmon sifatida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Toxir Saidov tashrif buyurdi va tadbirlarga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Respublika yoshlar markazi tomonidan ilg‘or o‘qituvchilar va qobiliyatli o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari (10 dona soch quritish moslamasi (fen), 2 dona dazmol, 400 ga yaqin xorijiy tillarga (ingliz, nemis, fransuz tillari) oid kitoblar va badiiy adabiyotlar, 10 dona futbol va voleybol to‘plari hamda 100 dona logotipli futbolka  va kepkalar) bilan taqdirlandilar.

Bundan tashqari, 11, 12, 13 maktablarda xorijiy tillar va kompyuter savodxonligi hamda xoreografiya to‘garaklarini tashkil qilish bo‘yicha maktab ma’muriyati bilan kelishib olindi.