To’garak rahbarlari hamda bo’linma xodimlar uchun “Yoshlar oromgohi”da 4 kunlik o’quv-seminari tashkillashtirildi




To’garak rahbarlari hamda bo’linma xodimlar uchun “Yoshlar oromgohi”da 4 kunlik o’quv-seminari tashkillashtirildi

O’zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi Respublika yoshlar markazi hududiy bo’linmalarida faoliyat yuritayotgan to’garak rahbarlari hamda bo’linma xodimlar uchun “Yoshlar oromgohi”da 4 kunlik o’quv-seminari tashkillashtirildi.

Ushbu o’quv seminari 4-8 sentabr kunlari davomida bo’lib o’tdi. Dastlab, o'quv-seminar birinchi kunida Respublika yoshlar markazining barcha hududlaridan tashrif buyurgan 130 yaqin to’garak rahbarlari va hududiy bo’linma xodimlari Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”ga joylashtirilib, o’quv-seminar dasturi va tartibi bilan tanishtirildi.

O’quv-seminarining ochilish marosimi, “Yoshlar oromgohi”ning madaniyat zalida tashkillashtirildi, bunda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi o’rinbosari Sh.Sattorov va Respublika yoshlar markazi direktori X.Mamadiyev ishtirok etishdi.

Yoshlarga qaratilayotgan imkoniyatning to’larog’i, endilikda chekka-chekka hududlarda ham yoshlar bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishi, hunar egasi bo’lishi, turli xil davlat tillarini mukammal o’rganishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Yoshlar markazlardagi to’garak faoliyatida o’qib bitirganlar soni: 160 mingga yaqinni tashkil etsa, joriy yil 1-sentabrdagi ko’rsatgich holati 90 mingdan oshgan. Yoshlar markazlarining 2018 yil o’quv davomida o’qigan yoshlarning 84 nafari Oliy o’quv yurtiga kirgan bo’lsa ushbu ko’rsatgich 2019 yilda 106 nafarni tashkil qiladi.

Unda Respublika yoshlar markazi hududiy bo’linmalarda faoliyat yuritayotgan to’garak rahbarlarining xissasi beqiyos. O’quv-seminarining tashkillashtirilishi aynan to’garak rahbarlari faoliyatiga alohida ahamiyat qaratish hamda tajribali kadrlarni mustahkamlab borishga qaratiligi to'gisida aytib o'tildi.

Shuningdek, Yoshlar Markazlari hududiy bo'linmalarida faoliyat yuritayotgan to'garak rahbarlariga Respublika yoshlar markazi tomonidan esdalik sovg'alar to'pshirildi.

To'garak rahbarlari hamda xodimlar uchun turli sport musabaqalari hamda qiziqarli madaniy tadbirlar tashkil etildi!

O'quv-seminarda Respublika yoshlar markazi hududiy bo’linmalarida faoliyat yuritayotgan to’garak rahbarlari hamda hududiy bo’linma xodimlariga “Respublika yoshlar markazi faoliyati hamda ta’sis hujjatlari to‘g‘risida umumiy tushuncha”, “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida amalga oshirilgan ishlar va ularning davomiyligi”, “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish” bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi Mazmun-mohiyati to‘g‘risida to’garak rahbarlari hamda bo’linma xodimlariga batafsil tushunchalar berildi o’quv-seminar savol-javob tarzda bo’lib o’tdi.

Hududiy bo’linmalardan tashrif buyurgan to’garak rahbarlari o’quv-seminarda o’zaro tajriba almashish maqsadida guruhlarga bo’lingan holda ochiq havoda o’zaro do’stona tanishuvlar hamda to’garak rahbarlarining bir-birlari bilan fikr almashuvlari tashkil etildi.

Shuningdek, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan taniqli aktyor Toxir Saidov bilan uchrashuv o’tkazildi.

O’quv-seminar yaqunida “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasining 2019 yil 8 avgustdagi 01-04/563-sonli qarori mazmun-mohiyati va to‘garaklarni a’zolik badali tarzda tashkil etish tartibi” to‘g‘risida to’garak rahbarlariga tushunchalar berib o’tildi.

O'quv-seminardan keyin hududiy bo’linmalardan tashrif buyurgan to’garak rahbarlari hamda bo’linma xodimlari ochiq havoda o’zaro do’stona tanishuvlar hamda turli madaniy tadbirlar sport musobaqalari tashkil etishdi.

O’quv-seminarning oxirgi kunining yopilish marosimi tantanali ravishda tashkil etildi.

“O’zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan taniqli xonandalar va qiziqchilar tashrif buyurishdi va tadbir o’tishida o’zgacha shukh va ko’tarinki kayfiyat bag’ishlashdi.

Tadbir davomida turli qiziqarli o’yinlar tashkil etildi. Tadbir juda yuqori saviyada bo’lib o’tdi desak mubolag’a bo’lmaydi.

O’quv-seminarning yaquniy qismida esa Respublika yoshlar markazi tomonidan tashkil etilgan o’quv-seminar ishtirokchilariga Tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi. Shu bilan “Yoshlar oromgohi”da bo’lib o’tgan 4 kunlik o’quv-seminar o’z nihoyasiga yetdi!