“Tasviriy san’at” to’garagi a’zolari o’rtasida “Yurtim yoshlari hayoti” ko'rik tanlovining Respublika bo’sqichi o’tkazildi




“Tasviriy san’at” to’garagi a’zolari o’rtasida “Yurtim yoshlari hayoti” ko'rik tanlovining Respublika bo’sqichi o’tkazildi

“Yurtim yoshlari hayoti” ko’rik tanlovi Respublika yoshlar markazi 04-02/43 farmoyishiga muvofiq muntazam tashkil qilinib kelinmoqda. Ushbu ko’rik tanlov Respublika yoshlar markazi tomonidan iqtidorli yoshlarni aniqlash ularni iste’dod va mahoratlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratish, yosh avlodning ma’naviy olamini boyitish, madaniy saviyasini yuksaltirish, san’at va go’zallikka bo’lgan intilishini kuchaytirish, milliy san’at an’analarini va yo’nalishlarini saqlab qolish va rivojlantirish hamda davom ettirish maqsadida an’anaviy tarzda o’tkazib boriladigan ko’rik tanlov hisoblanadi. 

Joriy yilning 10-sentyabr kuni Respublika yoshlar markazi hududiy bo`linmalarida tashkil etilgan “Tasviriy san`at” to`garaklari a`zolari o`rtasida “Yurtim yoshlari hayoti” Respublika ko`rik tanlovi o`tkazildi.

Ko`rik tanlov ishtirokchilari 2 toifaga bo`lingan holda: 1-toifa: 10-14 yosh; 2-toifa: 15-18 yoshlilar o`rtasida olib borildi. Unda tuman va shaharlardan viloyat bo`linmalarining to`garak a`zolari orasidan saralab olingan 20 ta ijodkor va iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi.

«Yurtim yoshlari hayoti» nomli ko`rik-tanlovning Respublika bosqichi g`oliblarini O`zbekiston Badiiy akademiyasidan tuzilgan hakamlar hay`ati a`zolari aniqlab berishdi.

Mazkur ko`rik-tanlov o`tkazishdan ko`zlangan natija ularning ijodiy faoliyatini doimiy qo`llab-quvvatlash hamda eng yaxshi ijodiy ishlarning ko`rgazmalarini tashkil etishdan iboratdir.

Respublika bosqichi g`oliblariga birinchi o`rin uchun planshet, ikkinchi o`rin uchun zamonaviy telefon, uchinchi o`rin uchun tasviriy san`at anjomlari. Shuningdek iqtidorli ishtirokchilarimizga diplom, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg`alar taqdim etildi.