Mehrga tashna qalblar




Mehrga tashna qalblar

Inson bir-biriga mehr-muruvvatli bo‘lishi yoki g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi uning eng katta oliy vazifasi va ustuvor g’oyalaridan biri deb o’ylaymiz. Dunyoda insonlar yashar ekanlar umr yo‘llari davomida bir-birlariga yaxshilik va mehr ulashib dillarini xushnud etadilar. Mana shu so‘zlarimizning zamirida ham davlatimiz ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rliklarining cheki yo’q. Ayniqsa ota-ona qaramog‘idan mosivo bo‘lgan ayrim mehrga zor go‘daklarni o‘z bag‘riga olib kamolotga yetkazayotgan davlatimiz undanda buyuk ishlarni amalga oshirmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugungi kunda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 5-bolalar mehribonlik uyida ta’lim olib kelayotgan yoshlarning barchalari u yerdagi murabbiylarning berayotgan bilim va ko‘nikmalaridan saboq olib kelajakda o‘zlari uchun mustahkam poydevor qurishmoqda desak xato bo‘lmaydi nazarimizda. Ayniqsa I.Qamariddinova tashabbusi bilan mehribonlik uyida tashkil etilgan “Rus tili” to‘garagi azolarining soni tobora ortgan. O’quvchilarning bilimga chanqoqliklarini ko‘rib xayratiningiz oshadi. Bu yerdagi yoshlar uchun esa to‘garakning imtiyozli qilib o‘tilishida ularning kelajakdagi hayotlarida mustahkam zamin hozirlamoqda.

Biz ularga shuni ta’kidlab o‘tamizki hozirdanoq vaqtlarini ortiqcha narsalarga sarflamay oxiriga bilim va ilim cho‘qqilarini zabt etsalar ana undan keyin kelajak bog’larining mevasi shirin va serhosil bo‘lishiga ishonamiz.