Hunar-beqiyos xazinadir!




Hunar-beqiyos xazinadir!

Ezgu fazilatli qizlar safining kengayishi esa, shubhasiz oilada onalarning, ta’lim dargohlaridagi ustozlarning tarbiyasiga bog‘liqdir. Bugun, o‘smir yoshdagi qizlarni hayotga tayyorlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha Yoshlar Markazlarida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Respublika yoshlar markazi Navoiy viloyat bo‘linmasida o‘z faoliyatini olib borayotgan “Pazandachilik” to‘garagi rahbari Z.Saidova qizlarga "ustoz-shogird" an’anasi asosida o‘z hunari bo‘yicha sir-sinoatlarni o‘rgatib kelmoqda.  

Bugun pazanda qizlarga mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulotda to‘garak a’zolari bilan birga shahrimizga kontrak asosida ishga kelgan Xindistonlik ayollar ham faol ishtirok etdilar. Ular oylar davomida qatnab, milliy taomlar bilan birga pishiriqlarni ham o‘rganishga astoyidil harakat qilishlarini aytib o‘tishdi.

“Vaqt qadrini qadrlagan qizlarni hurmat qilaman, ularga qo‘limdan kelgancha, o‘z hunarimni o‘rgataman. Bugungi kundagi maqsad, vazifamiz ham hunar o‘rgatish va jamiyatimizdagi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlanishiga ko‘mak berishdan iboratdir. Hunar-beqiyos xazinadir! Qizlar qaysi millat vakilasi bo‘lmasin, mendan o‘rgangan hunarlari orqali oilasiga, farzandlariga tayyorlagan shirin taomlari bilan baxt ulasha olsa, mendan baxtiyor odam yo‘q! Bilasizmi, umuman, biror kasb-hunarning boshini tutgan qiz-ayol hayotda aslo qiynalmaydi va albatta o‘rgangan hunari orqali baraka topadi,-dedi “Pazandachilik” to‘garagi rahbari Z.Saidova.