G’allaorollik yosh ijodkorlarning kitoblari chop etildi




G’allaorollik yosh ijodkorlarning kitoblari chop etildi

Yoshlarimizning adabiyot, san’at, sport, xorijiy tillar kabi yo’nalishlarda samarali natijalarni ko’rsatayotganligi quvonarli hol, albatta. Ularning qobilyatini yanada shakllantirish, ijodkor yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularga amaliy yordam berish uchun turli san’at va sport sohasiga ixtisoslashtirilgan maktablar, markazlar tashkil etilmoqda, fanning barcha yo’nalishlarida bellashuvlar, kitobxonlikni yanada kuchaytirish maqsadida kitobxonlik tanlovlari tashkil etilmoqda. Iqtidorli yoshlarimizning ilm olishlari uchun chet davlatlariga borib ta’lim olishi, xorijiy tillarini o’rganishi borasida ham zarur imkoniatlar yaratib berilmoqda. Birgina Respublika yoshlar markazi “Yosh iqtidorlar” to’garagi a’zolarining bellashuvlarda va “Yosh kitobxon” kabi tanlovlarda ko’rsatayotgan natijalari ham ijodkor yoshlarni shakllantirishda hamda jajji qobilyatlarni izlab topishda o’z natijasini berayotganligidan darak.

Jizzax viloyati G’allaorol tumanida faoliyat olib borayotgan “Yosh iqtidorlar” to’garagining ilmga chanqoq, izlanuvchan yoshlari bilimlarni egallash davomida turli yutuqlarga erishib kelmoqda. Shu kungacha bo’lgan vaqt davomida ushbu to’garak o’z a’zolari ichidan turli fan olimpiadalari, tuman, viloyat, respublika tanlovlarining g’oliblari, kitobxonlik tanlovi sovrindorlarini yetishib chiqayotganligidan barcha mamnun. Yaqinda to’garakda ilm olib kelayotgan Intizor Murodova, E’zoza Eronboyeva, Mashhura Usmonova, Mohira Anorboyeva kabi ijodkor yoshlarning bolalikning beg’ubor tuyg’ulari tasvirlangan she’ralari jamlangan 2500 adaddagi kitoblari nashrdan chiqarildi. To’garak iqtidorli yoshlarining she’rlari, ijod namunalari jamlangan kitoblari hozirdanoq o’z egalarini topib ham ulgurgan bo’lsa ajab emas. Bunday e’tibor va ko’makdan ularning ota-onalari va maktab ma’muriyati ham bag’oyatda mamnunligini bildirshdi. Bu o’quvchilarimizning kelajakda Nodiraxonim, Uvaysiy, Zulfiyaxonimdek shoiralar bo’lib yetishlarida va bundanda yaxshi yutuqlarni egallashlarida omad tilab qolamiz!

“Farzandimning bu to’garakka qatnashib olgan bilimlari, ustozlarining mehanati mana ilk mevasini berishni boshladi. Tumanimizda tashkil etilgan bu kabi to’garaklar chekka-chekka hududlardagi yoshlarning ham imkoniyatlari shahardagi imkoniyatlardan kam emas. Yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlardan biz ota-onalar juda xursandmiz”-deydi yosh ijodkorimiz Intizor Murodovaning onasi.