Chempionlik zavqi...




Chempionlik zavqi...

Shaxmat qadimdan ijod ahlining hamrohi va yaqin do‘sti bo‘lib kelgan. Shuning uchun bu sport turiga qiziquvchi yoshlar talaygina topiladi. Navoiy viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasida Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining shaxmat bo‘yicha ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musoboqada Respublika yoshlar markazi Navoiy viloyati bo‘linmasi "Shaxmat-shashka" to‘garagi a’zolaridan 6 yoshgacha Haydarov Shaxriyor 1-o‘rinni, 8 yoshgacha Shuxratov Azizbek 1-o‘rinni, Jalolov Mirjalol 3-o‘rinni, 10 yoshgacha Sirojov Shamshod 1-o‘rinni, Sunnatov Doniyor 2-o‘rinni, 12 yoshgacha Abdullayev Elbek 3-o‘rinni, 14 yoshgacha Narzullayev Firdavs faxrli 1-o‘rinni egallab, medal va diplom bilan taqdirlandilar. 

“Shuni aytishim kerakki, shaxmat uzoqni ko‘ra olish, rejali, mulohazakor va tadbirkorlik bilan ish yuritishni o‘rgatadi. Shaxmatda g‘alati bir ruhiy holat mavjud. Ko‘pincha o‘zing odatlangan, o‘yin uslubi o‘zingga yaxshi ma’lum bo‘lgan va kuchlar nisbati ham deyarli teng raqibing bilan o‘ynaging kelaveradi. Mobodo shunday raqibingdan ustun kelsang, xuddi jahon chempionini yutgandek zavqlanasan. Buning sababini izohlash qiyin. Bolajonlar ham bugun mana shunday kayfiyatda turishibdi,-dedi to‘garak rahbari N.Umirzoqova.