5 ta tashabbus amalda




5 ta tashabbus amalda

Yoshlarni ijtimoiy, ma'naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, huquq hamda majburiyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga qulay sharoit yaratish orqali ularni yurt taqdiri va kelajagini hal qiluvchi katta kuchga aylantirish, yoshlar bilan ishlovchi mutasaddi tashkilotlar zimmasidagi eng muhim vazifalardan sanaladi. Yurtimizda ayni vaqtda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19-martdagi yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib etish, xotin-qizlar bandligiga ko’maklashish va ularni ta’limni keyingi bosqichlariga yo’naltirish bo’yicha beshta muhim tashabbus yuzasidan tashkil etilayotgan tadbirlar bugun yoshlarimizni maqsadlari sari olg’a intilishlari uchun zamin yaratmoqda.

Prezidentimizning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusiga asosan Respublika yoshlar markazi jamoasi ishtirokida Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan 238-maktabda targ’ibot tadbiri tashkil etildi. Ushbu tashkil etilgan tadbirda 238-maktab o’quvchilari o’rtasida sportning “Shaxmat-shashka”, “Futbol”, “Voleybol”, “Basketbol”, “Tennis” bo’yicha turli musobaqalar tashkil etildi. Shuningdek tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarga Respublika yoshlar markazi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alar topshirildi hamda Respublika yoshlar markazi tomonidan maktab o'quvchilariga sport anjomlari, sport kiyimlari, kompyuter jamlanmasi hamda san’atga qiziquvchi yoshlar uchun rassomchilik anjomlari homiylik asosida Respublika yoshlar markazi tomonidan taqdim etildi.

Jamiyatimizning har tomonlama rivojlanishi va oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini aholining, ayniqsa yosh avlodning aqliy, axloqiy, huquqiy bilimi, tarbiyasi, jismoniy sog‘lomligi, estetik madaniyati va ma’naviyatining yusak darajada shakllanganligiga bog‘liq. Yoshlarimiz har tomonlama kamolga yetishi, sog‘lom barkamol shaxs sifatida shakllanishi hamda ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari esa har jabhada tashabbuskorlikdadir. Niyatimiz, yoshlarga beriladigan maqsadli va to‘g‘ri yo‘naltirilgan g‘oyaviy ta’lim, tashabbuskorlik va Yuksak iqtidor, kelajak avlodimizni hech qachon tark etmasin!